Moskvaning «Spartak» klubining narxi kamida milliard yevroga teng.
«Qizil-oqlar» direktorlar kengashining a’zosi Andrey Fedun so‘zlariga ko‘ra, klubni sotib olish istagida bo‘lganlar 1,1 – 1,2 milliard yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
«Spartak»ning infratuzilmasi, futbolchilari, murabbiylari, xodimlari, ularning maoshi va brend huquqini hisobga oladigan bo‘lsak, narx 1,1 – 1,2 milliard yevroga boradi. Biroq, har qanday biznesda savdolashish imkoniyati bor. Biz xohlayotgan narx bilan asl sotish narxi orasida katta farq bo‘lishi mumkin», — dedi Fedun.
Eslatib o‘tamiz, «Spartak» klubiga 2003 yildan beri tadbirkor Leonid Fedun xo‘jayinlik qilmoqda. 16 yil ichida jamoa 1 marta Rossiya chempioni bo‘lgan va 5 marta kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
Avvalroq, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «Spartak» klubini sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi