23:14 / 06.04.2019
2 804

Chempionlar ligasi yarim finali uchun kimda imkoniyat ko‘proq?

Chempionlar ligasi yarim finali uchun kimda imkoniyat ko‘proq?
Ajoyib kambeklarga boy bo‘lgan nimchorak final uchrashuvlaridan so‘ng bizni undanda qiziqroq o‘tishi aniq bo‘lgan uchrashuvlar kutib turibdi. Bu klublarning qay biri yarim finalga yo‘l oladi degan savolga javob qidirib ko‘ramiz.

“Ayaks“ 40% : 60% “Yuventus“

“Ayaks“ klubi “Real Mardid“ni qanday mag‘lub etganini hamma ko‘rdi. O‘rtacha yoshi 21 ni tashkil etuvchi klub chorak finaldagi eng ko‘p pressing qiluvchi jamoa sanaladi. Bu ham “Yuventus“ga anchagina muammolar tug‘dirishi aniq. Shunga qaramasdan, Alegrining ajoyib taktik ekanligini hisobga olsak, u bu muammoga ham yechim topishining ehtimoli yuqori. Hozirda “Yuve“ bor e’tiborini YeChLga qaratgani hech kimga sir emas. Sababi, klub yevro kubokdagi g‘alabani juda istamoqda. Yangi asrning o‘zida bir necha bor finalgacha yetib kelgan klubga ispanlar to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, asr boshida “Milan“ alamli tarzda kubokdan mahrum qilgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagandir.

Ronalduning harid qilinishi zamirida ham ayna shu istakni amalga oshirish yotganini futbolni yaxshi tushunadigan muxlislar darrov sezishgan bo‘lsa kerak. “Yuventus“ ushbu to‘qnashuvda katta qiyinchilikka uchrashi aniq, ammo katta ehtimol bilan yarim finalga yo‘l oladi. “Ayaks“ futbolchilarining iqtidorlariga gap-so‘z bo‘lishi mumkinmas, ammo doira toraygani sari tajribaliroq jamoalar o‘z so‘zlarini ayta boshlashadi.

“Manchester Siti“ 55% : 45% “Tottenhem“

Bir qarashda “shaharliklar“ fovoritdek ko‘rinishlari mumkin, ammo ichki chempionatda katta bosim ostida qolgan Gvardiola YeChLga bor kuchini tashlay olmaydi. “Liverpul“ning ta’qibi futbolchilarni ruhan va jismonan toliqtirishi aniq. Shayxlarning badavlat klubi ham mavsum oxirlagani sari kadrlar borasida muammolarga uchrashi aniq, birgina Agueroning yo‘qligi jamoaga qanday ta’sir qilishini hammamiz ko‘rdik...

“Tottenhem“ esa chempionlik va kubokdan ayrilib bo‘ldi. Ularda faqat bitagina kuzer karta qoldi, u ham bo‘lsa - YeChL. Pochetino bor kuchi bilan mavsumdagi so‘nggi imkoniyat uchun harakat qilshi aniq. “Shporlar“ o‘yini chiqib qolsa, “Barselona“ni mehmonda ham yenga oladigan qudratga ega. Argentinalik murabbiy bir necha yildan beri APL da bo‘lgani uchun ushbu chempionatdagi har bir klub bilan qanday o‘ynash mumkinligini juda yaxshi biladi. To‘g‘ri, klub anchadan beri APL poygasida kichik byudjet sabab birinchi bo‘la olmayapti, lekin bu ularning kuchsizligini bildirmaydi. Umumiy qilib aytganda, bu juftlikda hech narsa oydin emas va bu juftlik o‘rtasidagi uchrashuvlarda ikki taktik murabbiylarning o‘zaro dueliga ham guvoh bo‘lamiz

“Liverpul“ 75% : 25% “Portu“

Yuqoridagi uchrashuvlarga qaraganda anchagina kichik auditoriyaga mo‘ljallangan uchrashuv qolganlaridan zerikarliroq o‘tadigandek ko‘rinsada, aslida kurashlarga boy bo‘lishi aniq. Portugaliya klubi uyda yaxsh o‘yin ko‘rsatadigan klublar sirasiga kiradi. Shunga qaramay Klopp shogirdlari bu uchrashuvda yaqqol fovorit sanaladi. “Liverpul“ klubi bu mavsumda YeChL uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi va bu juftliklikda ham katta ehtimol bilan ular yarim finalga yo‘l olsa, ajab emas.

“Barselona“60% : 40% “Manchester Yunayted“

Hozirda Messisi bor “Barselona“ “qizil iblislar“dan biroz saviyaliroq ko‘rinmoqda. Kataloniyaliklar bu mavsumda himoyada juda ishonchli o‘ynashmoqda va Ispaniya chempionligini deyarli naqd qilib ulgurishdi. Agar, klub yetakchilari o‘yinga qadar jarohatlarsiz yetib kelishsa, “Manchester Yunayted“da keyingi bosqich uchun imkoniyat juda ham kam. “Barselona“ so‘nggi mavsumlarda dunyo miqoyisida o‘z obro‘sini biroz yo‘qotgani hech kimga sir emas. Aynan YeChLdagi g‘alaba klubni yana dunyo reytingida 1-pog‘onaga olib chiqadi. Bu esa o‘z navbatida klub biznesi va imidjining ko‘tarilishini ta’minlaydi.

“Manchester Yunayted“ esa Parijda raqib xatolaridan unumli foydalandi va minimal imkoniyatdan maksimum foyda chiqara oldi. Sulsher shogirdlari “Barselona“ga qarshi bor imkoniyatlarini ishga solishadi va raqib xatosini kutishadi. To‘g‘ri, Sulsher kelgach, jamoa anchagina ijobiy tomonga siljidi, biroq hali “Barsa“ darajasiga chiqa olganicha yo‘q. Shunga qaramasdan bu juftlikda inglizlarda ham imkoniyat yo‘q emas. G‘oliblik uchun bexato o‘ynash va raqib xatosidan maksimum foyda chiqarish talab etiladi.

Bu hech qanday bashorat, yoki oldindan taxmin qilish emas. Shunchaki, klublarning hozirgi imkoniyatlaridan kelib chiqib yozilgan kichik maqola. Bu juftliklar to‘qnashuviga qadar kichkinagina detallar ham vaziyatni batamom o‘zgartirirb yuborishi hech gap emas. Shunday ekan, uchrashuvlarni sabrsizlik bilan kutib qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi yarim finali uchun kimda imkoniyat ko‘proq?