13:26 / 07.04.2019
2 746

Bokschilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Bokschilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Rossiya Federatsiyasining Anapa shahrida 2001-2002 yilda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida Xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa yakuniga yetdi.

Turnirda Rossiya, Kuba, Qozog‘iston, Armaniston, Shveysariya, Hindiston, Filippin, Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina, Belarus va O‘zbekiston mamlakatlaridan 113 nafar bokschi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Bugun musobaqada final janglari bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahzod Muzaffarov qozog‘istonlik Muhammadsobir Bozorboyulini mag‘lub etdi. -64 kg vaznli bokschimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev esa rossiyalik Ahmadshox Mahmadshoyevdan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi. Kecha o‘tkazilgan janglarda Xurshidbek Rasuljonov (-56 kg), Nurislom Ismoilov (-69 kg) va Suhrobjon Kayimov (-75 kg) bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, terma jamoamiz umumjamoa hisobida Rossiyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikka Qozog‘iston terma jamoasi yakun yasadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi