13:45 / 07.04.2019
2 896

Bugun Superliga doirasida uchta o‘yin o‘tkaziladi

Bugun Superliga doirasida uchta o‘yin o‘tkaziladi
Bugun O‘zbekiston Superligasida 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi deb yozadi Shampionat.asia.
Olmaliqda AGMK klubi Qo‘qonning "Qo‘qon-1912" klubini qabul qiladi. O‘yin soat 17:15da boshlanadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar No‘’mon Hasanov boshqaruvidagi "Qo‘qon-1912"ni qabul qiladi. Hozircha AGMK ham, "Qo‘qon-1912" ham g‘alaba nashidasini surishmadi. Olmaliqda bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarning ikkitasida mezbonlar g‘olib bo‘lishgan, ikki uchrashuvda durang kuzatilgan. Faqat bir marta qo‘qonliklar Toshkent viloyatidan g‘alaba bilan qaytishgan.

"Qizilqum" klubi Buxoroda "Buxoro" klubi mehmoni bo‘ladi. Mazkur bahs soat 18:30ga belgilangan. 2019 yilgi mavsumda hali gol urmagan yagona klub "Buxoro" o‘z maydonida ilk bor o‘yin o‘tkazadi. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa dastlabki ikki turni Toshkent viloyati klublariga qarshi safarda o‘tkazdi. Qizig‘i "Qizilqum" esa dastlabki ikki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazdi va umuman yutqazmadi. E’tiborlisi bu klublar O‘zbekiston chempionatida 36 marta to‘qnash kelishgan. Natijalar mutlaqo tenglikni ko‘rsatmoqda. Jamoalar 16tadan g‘alabani qo‘lga kiritishgan va 4 bor durang o‘ynashgan. Buxoroda o‘tgan o‘zaro o‘yinlarning oxirgi uchtasida "Buxoro" bu raqibni 3 marta mag‘lub etgan. Bundan tashqari mana shu uchrashuvlarda "Qizilqum" umuman gol ura olmagan.

Jizzaxda "So‘g‘diyona" Superligaga qaytgan "Surxon"ni qabul qiladi. Bu o‘yin soat 19:15da boshlanadi. Jizzaxliklar mavsumni o‘z maydonidagi g‘alaba bilan boshlashdi va Qarshida yutqazib qo‘yishdi. "Surxon" esa ikkala turni ham Termizda o‘tkazdi va jami 4 ochko to‘pladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin 2004 yilda bo‘lib o‘tgan. Aniqrog‘i o‘sha bahs o‘tkazilmgan. O‘shanda "Surxon" Jizzaxga kelmagani uchun "So‘g‘diyona"ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan edi. Bu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda o‘ta yirik hisoblar kuzatilgan. Masalan, 2002 yil "Surxon" o‘z uyida 7:1 hisobida yutgan bo‘lsa, 1992 yilgi mavsumda "So‘g‘diyona" o‘z muxlislari qarshisida 10:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Superliga doirasida uchta o‘yin o‘tkaziladi