19:01 / 07.04.2019
3 215

Xavi to‘p suradigan "Al Sadd" haqida nimalarni bilasiz?

Xavi to‘p suradigan "Al Sadd" haqida nimalarni bilasiz?
Xabaringiz bor “Paxtakor” Chempionlar Ligasi 3-turida “Al Sadd”ga qarshi uchrashuv o‘tkazadi.

“Al Sadd” sport klubi 1969 yil 21 oktyabrda tashkil etilgan. Futbol jamoasi uy o‘yinlarini “Jassim Bin Hamad” stadionida o‘tkazadi. Stadion 12 946 ishqibozga mo‘ljallangan.

Yutuqlari: 14 karra Qatar chempioni, 16 marta Qatar Amiri Kubogi sohibi, 6 karra Valiahd Shahzoda Kubogi sohibi, 14 bor Qatar Superkubogi egasi, 2 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi (1989, 2011).

O‘tgan haftada Doxa jamoasi o‘z tarixida 14-bor Qatar chempionligini qo‘lga kiritdi. Jahon futbolidagi eng mashhur yarim himoyachilardan biri Xavi “Sadd” bilan futbolchilik faoliyatidagi 33-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Jamoaga 2015 yildan buyon portugaliyalik murabbiy Jezualdu Ferreyra ustozlik qilmoqda. U o‘z vaqtida “Benfika”, “Portu”, “Sporting”, “Braga”, “Boavishta”, “Malaga”, “Panatinaikos” va “Zamalek” kabi mashhur jamoalarga boshchilik qilgan. Portugaliya, Misr va Qatar chempionatlarida jamoalari bilan g‘alaba qozongan.

Raqibimiz Qatarning eng nomdor klubi bo‘lib, mamlakatning rekord darajadagi sovrindori hisoblanadi. Jami 54 sovrinlarga ega chiqqan. 2011 yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini ham qo‘lga kiritgan.

“Sadd” joriy mavsum Qatar chempionatida 21 uchrashuvda 94 gol urishga erishdi. Bag‘dod Buneyja 39, Akram Afif esa 24 gol muallifi bo‘lgan.

Jamoa tarkibi Osiyodagi eng kuchlilardan biri hisoblanadi. Xavi futbolchilik faoliyatini uch yildan beri “Sadd”da davom ettirib kelmoqda. Shu bilan birga u murabbiylik uchun boshlang‘ich qadamlarni ham aynan Qatarda tashlayotgani ma’lum qilingan. Uning “Barselona”dagi o‘yinlarini hech kim unutmagan bo‘lsa kerak. Ispaniyalik yana bir futbolchi Gabi nomi ham muxlislarga yaxshi tanish. U “Xetafe”, “Saragosa” va “Atletiko”da to‘p tepgan.

Jazoirlik hujumchi Bag‘dod Buneyja “Al Sadd” tarkibida jami 84 o‘yinda 108 gol muallifi bo‘lishga ulgurdi. Yana bir legioner koreyalik Jun Vu Yong sanaladi. Qatar terma jamoasi safida “Sadd”ning 9 nafar futbolchisi Osiyo Kubogida g‘olib chiqqanini ta’kidlab o‘tamiz.

Darvozabonlar
1. Saad Al Shib
22. Meshaal Barsham
30. Jehad Muhammad

Himoyachilar
2. Pedro Migel
3. Abdulkarim Hassan
12. Hamid Ismoil
15. Tariq Salman
16. Bualim Xuxi
27. Meshal Ibrohim
34. Hatem Kamol
52. Hussayn Bahzad
66. Yossir Abubakar
83. Yusuf Abdulloh
95. Ibrohim Muhammadi

Yarim himoyachilar
4. Ahmad Sayyar
5. Jun Vu Yong (Janubiy Koreya)
6. Xavi (Ispaniya)
8. Ali Asadilla
10. Hassan Al Xaydos
14. Gabi (Ispaniya)
20. Salim Al Hajri
55. Xolid Muborak
65. Baha’a Ellezi
87. Saud Nasr

Hujumchilar
11. Bag‘dod Buneyja (Jazoir)
17. Hassan Ahmad
78. Akram Afif
96. Jassim Shammari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi to‘p suradigan "Al Sadd" haqida nimalarni bilasiz?