06:34 / 12.04.2019
3 472

O‘zbek bokschisi ochiq dengizdagi kemada jang qiladi

O‘zbek bokschisi ochiq dengizdagi kemada jang qiladi
Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Abdurasul Ismoilov (4-0, 3 KO) navbatdagi jangini 17 aprel kuni o‘tkazadi.

Ismoilovga shu kuni rossiyalik Aleksandr Golubkov (4-2-1, 2 KO) raqiblik qiladi. Mazkur boks oqshomi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. GoSport.uz xabariga ko‘ra, mazkur boks oqshomi kemada ya’ni ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi. Jang kuniga qadar Janubiy Koreyadan yo‘lga chiqqan kema Yaponiyaning ikki shahri va Rossiyaning Vladivostok shahrida ham to‘xtab o‘tadi. Boks oqshomi esa Yaponiya hududidagi ochiq dengizda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Abdurasul Ismoilov Janubiy Koreyaning “COCKY BUFFALLO” promouterlik kompaniyasi tarkibida mashg‘ulotlar olib bormoqda. So‘nggi marta u 17 mart kuni janubiy koreyalik Yong Min Kimni (5-3-1, 1 KO) 8 raundlik jangda ochkolar hisobiga ko‘ra, mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek bokschisi ochiq dengizdagi kemada jang qiladi