20:42 / 13.04.2019
2 439

"Yuventus" safarda SPALga yutqazib qo‘ydi

"Yuventus" safarda SPALga yutqazib qo‘ydi
Italiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "SPAL" – "Yuventus" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda turinliklar imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Moyze Kin mehmonlarni oldinga olib chiqdi, biroq maydon egalari ikkinchi bo‘limda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

49-daqiqada Bonifatsi muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 74-daqiqada Flokkari g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, “Yuve” chempionlik masalasini muddatidan avval hal qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va masala keyingi turlarga qoldi.

A Seriya, 32-tur
SPAL – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 30 Kin, 1:1 – 49 Bonifatsi, 2:1 – 74 Flokkari.
SPAL – Viviano, Bonifatsi, Vikari, Chonek, Ladzari, Fares, Murdjia, Skyattarella (Valdifori, 70), Missiroli, Flokkari (Redjini, 85), Petanya (Antenuchchi, 89).
Yuventus – Perin, Bardzali (Bernardeski, 81), Gotssi, Joau Kanselu, De Shilo, Bentankur, Spinatssola, Kuadrado, Dibala, Kin (Mavididi, 69), Kastanos (Nikolussi-Kavilya, 61).
Ogohlantirishlar: Ladzari (28), Kuadrado (38), Joau Kanselu (45), Flokkari (74), Fares (83), Missiroli (87), Vikari (90).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" safarda SPALga yutqazib qo‘ydi