12:30 / 14.04.2019
2 652

Bugun «Lokomotiv» o‘z maydonida OKMKni, «Surxon» esa «Paxtakor»ni qabul qiladi

Bugun «Lokomotiv» o‘z maydonida OKMKni, «Surxon» esa «Paxtakor»ni qabul qiladi
Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turi doirasida so‘nggi 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida Surxondaryoning «Surxon» klubi o‘z maydonida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:15 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, surxondaryoliklar 3-turda «So‘g‘diyona» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, poytaxtliklar esa «Nasaf»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

Turning «Qo‘qon-1912»—«Buxoro» uchrashuviga soat 17:00 da start beriladi. Ta’kidlash joiz, buxoroliklar Navoiyning «Qizilqum» jamoasi bilan durang o‘ynagandi (1:1).

Turning markaziy o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion Andrey Fyodorov boshliq «Lokomotiv» Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK jamoasi bilan jang qiladi. To‘qnashuv soat 18:20 da start oladi.

Ma’lumot uchun, toshkentliklar 3-turda «Andijon»ni yirik hisobda taslim qilgandi (4:0). Olmaliq klubi esa «Qo‘qon-1912»ni o‘ta yirik — 7:1 hisobida mag‘lub etgandi.

1. «Surxon»—«Paxtakor» 16:15
2. «Qo‘qon-1912»—«Buxoro» 17:00
3. «Lokomotiv»—OKMK 18:20

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun «Lokomotiv» o‘z maydonida OKMKni, «Surxon» esa «Paxtakor»ni qabul qiladi