18:33 / 15.04.2019
2 944

Deontey Uaylder: “Brizilni oʻldirib qoʻysam, bundan afsuslanmayman”

Deontey Uaylder: “Brizilni oʻldirib qoʻysam, bundan afsuslanmayman”
Professional boksning superogʻir vazn toifasida WBC yoʻnalishi chempioni Deontey Uaylder kutilayotgan jangi haqida yana bir bor fikr bildirdi.
“Men oʻz ishimni yaxshi koʻraman. Raqibni magʻlub etgan paytim rohatlanaman. Menga koʻpincha raqibni kuchli zarba bilan urish gunoh deyishadi. Nima qilay, muxlislarning oʻzlari shuni talab qilishadi.

Ertaga Dominik Brizilga qarshi jangda raqibimni oʻldirib qoʻysam ham bundan zarracha afsuslanmayman. Chunki, buni uning oʻzi soʻrab olgan boʻladi”, - deya Britaniyaning Daily Mail nashriga intervyu bergan Uaylder.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Deontey Uaylder: “Brizilni oʻldirib qoʻysam, bundan afsuslanmayman”