02:21 / 17.04.2019
3 186

YECHL. “Ayaks”dan navbatdagi sensatsiya! Bu safargi “qurbon” “Yuventus”

YECHL. “Ayaks”dan navbatdagi sensatsiya! Bu safargi “qurbon” “Yuventus”
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob bahsidan oʻrin olgan “Yuventus” – “Ayaks” uchrashuvi oʻz nihoyasiga yetdi. “Alyans Stedium”da boʻlib oʻtgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

Avvaliga Krishtianu Ronaldu jamoasini oldinga olib chiqqan boʻlsa, uchrashuvning 34-daqiqasida Van de Bek yaqin masofadan darvozani ishgʻol qilib hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuv taqdirini “Ayaks”ning sardori Matteys de Ligt hal qildi. U burchakdan oshirib berilgan toʻpni Voysex darvozasiga joylab qoʻydi.

Shu tariqa, “Ayaks” sensatsiya koʻrsatgan holda yarim finalga yoʻl oldi. Uning raqiba ertaga“Manchester Siti” va “Tottenxem” oʻyinidan soʻng aniq boʻladi.

YECHL, chorak final javob bahsi

Yuventus Italiya – Ayaks Gollandiya 1:2 (1:1, 0:1)

Ilk oʻyin – 1:1

Gollar
: 1:0 – 28 Ronaldu, 1:1 – 34 van de Bek, 1:2 – 67 de Ligt.

Yuventus – Shensni, Rugani, Aleks Sandro, De Shilo (Joau Kanselu, 64), Bonuchchi, Djan, Pyanich, Matyuidi, Bernardeski (Bentankur, 80), Ronaldu, Dibala (Kin, 46).

Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Veltman, Mazraui (Sinkgraven, 11; Magalyan, 82), van de Bek, Ziyesh (Xuntelar, 88), Tadich, Shene, Neres, de Yong.

Ogohlantirishlar: Jan (69), Ronaldu (90+4).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. “Ayaks”dan navbatdagi sensatsiya! Bu safargi “qurbon” “Yuventus”