«Rostov» hujumchisi, yakshanba kuni «Spartak» bilan o‘yinda (2:1) g‘alaba golini urgan Eldor Shomurodov «Sport Ekspress» muxbiri savollariga javob qaytardi.
– Dushanbada Rostov-Donning haqiqiy qahramonidek uyg‘ondingizmi?
– Bunday demagan bo‘lardim. «Spartak» ustidan g‘ozonilgan g‘alabani unutib, keyingi o‘yin haqida o‘ylash kerak.
– Moskvaliklar birinchi navbatda nimaning hisobiga mag‘lub etildi?
– Ikkita omilni aytgan bo‘lardim: intizomli o‘yin va astoydil borini berib o‘ynash hisobiga. Yigitlar o‘yin uchun rejani bajarishdi. Va, albatta, muxlislarning qoyilmaqom qo‘llab-quvvatlashlari. Ularga gap bo‘lishi mumkin emas!
– Gol urishingizni oldindan sezganmidingiz?
– Ochig‘ini aytsam, o‘yindan oldin menga ko‘pchilik: «Eldor, sen maydonga tushib, uni golsiz tark etmaysan!» degandi. Jamoadoshlarim va muxlislar ana shunday fikrda edilar. Menga nega bunchalar ishonch bildirishayotganini bilmayman, lekin yakunda ular aytganiday bo‘ldi. (kuladi)
– «Spartak» nimasi bilan hayron qoldirdi? Mehmonlardan yaxshiroq o‘yin kutganmidingiz?
– Umuman olganda, raqibning ana shunday o‘ynashiga tayyorlangandik. Tan olish kerak, «qizil-oqlar» yetarlicha vaziyatlar yaratishdi. Biz shunchaki o‘z imkoniyatlarimizdan yaxshiroq foydalana oldik.
– O‘zbekistonda sizni Messi deb atashadi. Endi «Rostov»dagilar nima deyishyapti?
– Baribir bu fikrga qo‘shilmayman. O‘zbek Messisi deb atashlari afsona xolos. Meni hech kim bunday deb chaqirmagan.
– Unda nima deb chaqirishadi?
– Shoma yoki Shomik. Vatanimda ham, bu yerda ham.
– O‘yin tugagandan keyin Valeriy Karpin sizga nima dedi?
– «O‘zing xohlasang, qo‘lingdan keladi».
– Demak, xohlamaydigan paytlaringiz ham bo‘larkan-da?
– Yo‘q, yo‘q! Menda doimo bor imkoniyatimni ishga solib o‘ynash xohishi bo‘ladi. Shunchaki, murabbiy o‘z fikrini shunaqa ifoda etdi.
– O‘yindan keyin «Rostov» muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda: «Shomurodov – bizning yangi Ozmun» deb yoza boshlashdi...
– Yo‘q, meni Sardor bilan solishtirish yaramaydi. Unga xusumatim bor deb o‘ylamang, aksincha, uni hurmat qilaman, u – Premer-liganing eng yaxshi hujumchilaridan. Lekin Ozmun – bu Ozmun, men esa – menman. Hali yana ko‘proq gollar urishim, o‘yinimni kuchaytirishim kerak.
– Ozmun hozir RPLda birinchi raqamli hujumchimi?
– Faqat bir futbolchini ajratib ko‘rsatishga tayyor emasman. Ha, Sardorning ishlari yaxshi ketyapti. Lekin, masalan, Chalov ham bor. Yoki Dzyubani olaylik, u gol urmasa ham, «Zenit»ga katta foyda keltiradi. Kurashadi, pas beradi...
Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabadan so‘ng «Rostov» 35 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Jamoa 5-o‘rindagi, kuni kecha o‘zi mag‘lub etgan «Spartak»dan bir ochkoga ortda qolyapti. Rostovliklar keyingi turni 20 aprel, shanba kuni «Orenburg» maydonida o‘tkazadi.
14-raqam egasi o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov RPLning bu mavsumidagi 20ta turida qatnashib, ikkita gol va bitta samarali pas muallifi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi