12:35 / 20.04.2019
1 516

Bugun o‘zbekistonlik 8 nafar bokschi ringga chiqadi

Bugun o‘zbekistonlik 8 nafar bokschi ringga chiqadi
Bugun, 20 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun doirasidan o‘rin olgan bellashuvlarga start beriladi. Saralash bosqichidan o‘rin olgan mazkur kunda o‘zbekistonlik 8 nafar bokschi ringga ko‘tarilishadi.

Ular orasida Isroil Madrimov, Miraziz Mirzaxalilov, Shunqor Abdurasulov kabi taniqli charm qo‘lqop ustalarini ham ko‘rishimiz mumkin. Bugun jang o‘tkazadigan vakillarimiz quyidagilar:

Kunduzgi dastur
-49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Daichi Xasebe (Yaponiya)
-60 kg: Shukurjon Rahimov – Man Cho Chol (KXDR)
-54 kg: Tursunoy Rahimova – Kian Shi (Xitoy)
-69 kg: Shahnoza Yunusova – Nilufar Boboyorova (Tojikiston)

Kechki dastur
-56 kg: Miraziz Mirzaxalilov – Almanbet Alibekov (Qirg‘iziston)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov – Amir Masud (Pokiston)
-75 kg: Isroil Madrimov – Trung Vu (Vetnam)
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva – Nxi Nguyen (Vetnam)

Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlar doirasida Bobo-Usmon Baturov, Shunqor Abdurasulov va Yodgoroy Mirzayeva g‘alaba qozonib, keyingi bosqich yo‘llanmasini ijobiy hal qilishgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)