13:30 / 21.04.2019
2 913

Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi (video)

Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi (video)
Bangkokda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kun dasturini o‘zbekistonlik bokschilar orasidan Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov boshlab berdi.

Bu galgi turnirda -52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Do‘smatov ilk jangini butanlik Tensin Drugyelga qarshi o‘tkazdi. Tajriba bobida Drugyeldan ancha ustun bo‘lgan Hasanboy ilk raunddayoq raqibini nokdaunga uchratib, jang oxiriga qadar yaqqol ustunlikka erishdi va yakunda 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Bugun yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.

Kunduzgi dastur, 12:00 dan so‘ng:
-69 kg: Bobousmon Baturov - Sajjar Kazemzadaposhtiri (Eron) (A ringda)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov - Brijesh Yadav (Hindiston) (B ringda)
-51 kg: Farangiz Hoshimova - Nazim Kizibay (Qozog‘iston) (A ringda, ayollar)

Kechki dastur, 16:00 dan so‘ng:
-60 kg: Shukurjon Rahimov - Ahmad Nasim Hussayn (Yaman) (B ringda)
-60 kg: Rayxona Qodirova - Punam Raval (Nepal) (A ringda, ayollar)

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi (video)