14:15 / 21.04.2019
2 622

Zidan yozgi transferlar haqidagi savollarga javob qaytardi

Zidan yozgi transferlar haqidagi savollarga javob qaytardi
«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 33-turi doirasidagi «Atletik» bilan o‘yin oldidan jamoaning yozgi transferlari haqida savollarga javob qaytardi. Bu haqda Marca'ga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

«Transferlar haqida klub vakillari bilan gaplashib olishim kerak, chunki nima xohlayotganimni aniq bilaman. Lekin hozir emas. Men ismlarni sanab o‘tmoqchi emasman», – dedi Zidan.

«Qirollik klubi» ustozi jamoaga qaytishidan oldin klub prezidenti Florentino Peres unga nimalarni va’da qilgani haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

«Qandaydir shartlar emas, vaziyatni o‘zgartirish xohishi bor edi. Biz nima qilish mumkinligi haqida, shuningdek futbolchilar to‘g‘risida gaplashganmiz. Transferlar borasida nimalarga erisha olamiz, buni hali ko‘ramiz. Lekin shunisi aniqki, o‘zgarishlar bo‘ladi».

Zidan yangi o‘yinchilarni xarid qilish uchun tarkibdagi ba’zi futbolchilarni sotish zarurati borligi haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirib, hech kimga jamoadagi o‘rin kafolatlanmaganini bildirdi: «Barcha futbolchilarning shartnomasi bor. Bu haqda gaplashib olishga hali ulguramiz. Bu har qanday futbolchi bo‘lishi mumkin».

«Real» doimo eng yaxshi futbolchilarni taklif qiladi. Bu mavsum klub uchun eng yaxshilaridan biri bo‘lgani yo‘q va buni qabul qilishimiz, uni o‘zgartirishimiz kerak», – deya qo‘shimcha qildi Zinedin Zidan.

«Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi hujumchi Garet Beyl borasidagi savolga: «Uning kelajagini hali muhokama qilganimiz yo‘q», deb javob qaytardi.

Ma’lumot uchun, jamoaning «Atletik»ka qarshi o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:15da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan yozgi transferlar haqidagi savollarga javob qaytardi