10:10 / 22.04.2019
2 784

Bugun 8 nafar bokschimiz Osiyo chempionati yarim finali uchun jang qiladi

Bugun 8 nafar bokschimiz Osiyo chempionati yarim finali uchun jang qiladi
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
22 aprel sanasida Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi janglari o‘tkaziladi. Bugun 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning yarim finaliga chiqish uchun ringga ko‘tariladi. Quyida ushbu juftliklar bilan tanishishingiz mumkin:

Kunduzgi dastur, soat 12:00 dan so‘ng:
-49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Xampxouvan Xamsatone (Laos) (B ring)
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Chatchai Budte (Tailand) (B ring)
-57 kg: Yodgoroy Mirzayeva - Mijgona Samadova (Tojikiston) (B ring, ayollar)
-69 kg: Shaxnoza Yunusova - Makoto Kikuchi (Yaponiya) (B ring, ayollar)
-81 kg: E’zoza Meliyeva - Lina Vang (Xitoy) (A ring, ayollar)

Kechki dastur, soat 16:00 dan so‘ng:
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov - Amit Pangal (B ring)
-64 kg: Shunqor Abdurasulov - Muhammad Alkasbex (Iordaniya) (A ring)
-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov - Bek Nurmaganbet (Qozog‘iston) (B ring)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun 8 nafar bokschimiz Osiyo chempionati yarim finali uchun jang qiladi