23:08 / 26.04.2019
2 666

"Bunyodkor" safarda "Buxoro" bilan jangovar durang qayd etdi

"Bunyodkor" safarda "Buxoro" bilan jangovar durang qayd etdi
O‘zbekiston Superligasining 6-turida "Bunyodkor" klubi futbolchilari "Buxoro" mehmoni bo‘lishdi. Jamoalar jangovar durang natijaga rozi bo‘lishdi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar birinchi bo‘lim oxirlarida kiritishdi, Xurshid G‘iyosov gol muallifi. Tanaffusda maydon egalari murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov shogirdlariga to‘g‘ri ko‘rsatmalar bergan ko‘rinadi 48 va 53-daqiqalarda gol urib hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo‘lib Ivan Nagayev hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Doston Ibragimov mezbonlarga ustunlik olib berdi. 69-daqiqada yana o‘sha Xurshid G‘iyosov katta sahnaga chiqdi va toshkentliklarga bir ochko olib beruvchi golni kiritib dubl qayd etib qo‘ydi.

O‘zbekiston Superligasi 6-tur
"Buxoro" – "Bunyodkor" 2:2
Gollar:
Xurshid G‘iyosov 40, - 0:1. Ivan Nagayev 48, - 1:1. Doston Ibragimov 53, - 2:1. Xurshid G‘iyosov 69, - 2:2.
"Buxoro" - 12.Nodir Ashurmatov, 2.Ivan Fatich, 7.Ivan Nagayev, 8.Salamat Qutiboyev, 9.Asadbek Sobirjonov, 27.Robbim Hasanov, 28.Ergash Ismoilov, 29.Vladimir Bayenko, 33.Tohirjon Shamsiddinov, 70.Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov, 46), 99.Doston Ibragimov.

"Bunyodkor" - 25.Murodjon Zuhurov, 3.Islom Qobilov, 6.Anvar G‘ofurov, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 8.Jasur Jaloliddinov (34.Suhrob Izzatov, 65), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Javohir Qahramonov, 13.Lutfulla To‘rayev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 17.Sanjar Qodirqulov 19.Nurillo To‘xtasinov.
Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov 18, Ergash Ismoilov 35, Ivan Fati 73, Doston Ibragimov 89.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" safarda "Buxoro" bilan jangovar durang qayd etdi