09:30 / 27.04.2019
3 023

Saloh “Liverpul”da yangi rekord oʻrnatdi

Saloh “Liverpul”da yangi rekord oʻrnatdi
Angliya Premyer-ligasining 36-turida “Haddersfild Taun”ga qarshi kechgan oʻyin “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh uchun klub safidagi 100-oʻyin boʻldi.

Bu oʻyinda dubl qayd etgan misrlik futbolchi klub safidagi gollari sonini 69taga yetkazdi. Mersisaydliklar klubi tarixida 100 oʻyinda buncha koʻp golni hech kim urmagan. 26 yoshli futbolchi klubning avvalgi rekordchilari — Rojer Hant (68 gol) va Sem Reybouldni (68) ortda qoldirdi.

Bu oʻyindagi gollari evaziga Saloh 21 gol bilan APL toʻpurarlari roʻyxatida yetakchiga aylandi. Uning jamoadoshi Maneda 20, Serxio Aguero (“Man Siti”) va Pyer-Emerik Obameyangda (“Arsenal”) – 19 tadan gol bor.

“Liverpul”ga Saloh 2017 yil yozida “Roma”dan 42 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Saloh joriy mavsumda “Liverpul”ning barcha turnirlar doirasidagi 48 oʻyinida 25 gol urdi va 13 golli uzatmaga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saloh “Liverpul”da yangi rekord oʻrnatdi