20:28 / 27.04.2019
2 082

Pogba «Real» bilan kelishib oldi, u Madridda Ramosdan ko‘proq maosh oladi

Pogba «Real» bilan kelishib oldi, u Madridda Ramosdan ko‘proq maosh oladi
«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba faoliyatini «Real»da davom ettirishga yaqin.

Kun.uz nashrining yozishicha, 26 yoshli xavbek «qaymoqranglilar» bilan imzolanajak bitim shartlarini kelishib olgan. Unga ko‘ra, Pol Madridda yiliga 12 mln yevro maosh oladi. Bu – uning Manchesterdagi maoshidan 2 mln yevroga ko‘proq.

Bundan avval Pogbaning aynan moliyaviy talablari uning transferiga to‘siq bo‘layotgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, «qizil iblislar» hujumchi Aleksis Sanchesga aynan shuncha – yiliga 12 mln yevro to‘lashadi, «Real» esa eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi Garet Beylga 15 mln yevro ish haqi belgilagan. «Qirollik klubi» sardori Serxio Ramos esa yiliga 11,8 mln yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ingliz nashrlarida Pogbaning agenti Mino Rayola «Manchester Yunayted» vakillari bilan belgilangan uchrashuvni bekor qilgani yozilgan edi. Mazkur uchrashuvda futbolchi bilan shartnomani uzaytirish masalasi muhokama qilinishi kerak edi.

Ta’kidlanishicha, Manchesterga kelganidan buyon klubning muvaffaqiyat qozona olmayotganidan Pogbaning xafsalasi pir bo‘lgan. U faoliyatini «Real»da davom ettirishni istayotganini rahbariyatga ma’lum qilib ulgurgan.

Kecha esa fransiyalik yulduz mankunianliklar bilan yozgi mavsumoldi sayohatiga borish uchun talab qilinadigan Xitoy vizasini rasmiylashtirishni istamagani ma’lum bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Pogba «Real» bilan kelishib oldi, u Madridda Ramosdan ko‘proq maosh oladi