23:39 / 27.04.2019
3 762

Ro‘ziqul Berdiyev haq bo‘lib chiqdi

Ro‘ziqul Berdiyev haq bo‘lib chiqdi
Gap shundaki, Superliganing 4-turi doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan keyin Ro‘ziqul Berdiyev jamoaning yangi hujumchisi Humoyun Murtazoyevning golsiz seriyasiga bergan izohini eslaymiz.
O‘shanda Ro‘ziqul Berdiyev o‘yindan keyin nega Humonyun Murtozayevning yangi jamoasidagi debyut goli cho‘zilib ketdi, degan savolga quyidagicha javob bergandi:

"Humoyun mavsumoldi yig‘in doirasidagi nazorat o‘yinlarida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Ko‘p gollar kiritdi. Uning golsiz seriyasi cho‘zilgani shunchaki vaqt masalasi. Shuningdek, Murtazoyev o‘tgan yilni Pro-ligada o‘tkazdi va "Mash’al" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi farq ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, bunday yuqori bosimda o‘ynagandan keyin bunga moslashish va ko‘nikish uchun vaqt talab etiladi. O‘ylaymanki, Murtazoyev dastlabki golni urib olgach o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi. Muhimi, o‘sha birinchi golni urib olish lozim. Debyut goldan keyin Humoyun Murtazoyev ochilib ketadi", - deya o‘z fikrlarini bildirgandi "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev.

Qayd etish kerakki, shundan so‘ng Humoyun Murtazoyev "Andijon" darvozasiga o‘zining ilk golini kiritdi va kecha AGMK darvozasiga ikkita gol urib, yangi jamoasidagi dastlabki dublini nishonladi. Ro‘ziqul Berdiyev ishontirgandek, Humoyun Murtazoyev "Nasaf" safidagi ilk golini urgach futbol tilida aytganda, "ochilib ketdi".

"Mash’al"dan "Nasaf"ga o‘tgan hujumchi oxirgi ikkita uchrashuvda 3ta gol kiritishni uddaladi. Bu bilan hujumchi jamoaning yangi mavsumdagi to‘purari bo‘lib turgan o‘ng qanot himoyachisi Dilshod Saitovga yetib oldi. Saitov hisobida ham 3ta gol mavjud. Kuchli zarba sohibi bo‘lgan Saitov "Dinamo", "So‘g‘diyona" va AGMK darvozasini uzoqdan yo‘llayotgan kuchli zarbalari orqali aniq nishonga olgan.

Shuningdek, jarohatini davolab o‘zoq tanaffusdan so‘ng yashil maydonga qaytgan Aziz G‘aniyev AGMKga qarshi bahsda jamoasi gollarining ikkitasida assistentlik qildi va golli uzatmalar sonini ikkita yetkazib, bu borada peshqadamlar safiga qo‘shilib oldi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev haq bo‘lib chiqdi