O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantirish va Superliga o‘yinlarining shaffof o‘tishin ta’minlash maqsadida yig‘ilish tashkil qildi. MOQ majlislar zalida o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘FA va PFL mutasaddilari, Superliga klublarining bosh murabbiylari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolimizda yuzaga kelayotgan kamchiliklar, oqsalishlar va kelishilgan o‘yinlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
«Futbolimizni imkon qadar tezroq Yevropa darajasiga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun barchamiz birdam bo‘lib ishlashimiz talab etiladi. Kelishilgan o‘yinlarga aralashgan shaxslarni og‘ir jazo kutib turibdi. Futbol faqat muxlislar uchun. Hozir o‘yinlarni 18 ta telekamera tasvirga olishi va VAR tizimini qo‘llash bo‘yicha yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Muxlislarga shaffof o‘yin namoyish qilishni ta’minlashimiz lozim. O‘yin vaqtini cho‘zadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Ularga sariq va qizil kartochkalarni ayamasdan ko‘rsatinglar. Kerak bo‘lsa, jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilsin. Ertaga boshlanadigan yangi turdan mana shu tizimni tatbiq qilaylik», — dedi Umid Ahmadjonov.
Yig‘ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantirish borasida tegishli ko‘rsatma va chora-tadbirlar, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, PFL rahbarlari muxlislar uchun stadionlarda qulay shart-sharoitlar yaratish, barcha stadionlarda oilaviy sektorlar tashkil etish, o‘yin vaqtini belgilash vaqtida ko‘pgina mezonlarni hisobga olish borasida kerakli topshiriqlarni qabul qilib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»