09:40 / 03.05.2019
2 694

Afsonaviy Xavi futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi

Afsonaviy Xavi futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Foto: «Uff.uz»
«Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning «As Sadd» jamoasida o‘ynayotgan Xavi mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

«39 yoshimga qadar futbol o‘ynash men uchun katta sharaf. Mavsumni yuqori cho‘qqida yakunlamoqchiman. Bu men uchun futbolchi sifatidagi so‘nggi mavsum, ammo murabbiylik faoliyatida meni nimalar kutayotganini ko‘rishga intiqman.

Men murabbiylik faoliyatida Yoxan Kroyff va La Masiyalarning ishini davom ettirmoqchiman. Jamoa maydonda ustunlikka ega bo‘lishi va hujumkor ruhda o‘ynashi menga yoqadi» , – deydi Xavi.

Xavi «Barselona» safida 767 o‘yin o‘tkazdi. 2015 yilda u «As Sadd» ga kelib qo‘shildi, ayni damda mazkur jamoa OChLda «Paxtakor» bilan bir guruhda kurash olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Afsonaviy Xavi futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi