22:52 / 05.05.2019
2 801

"Real" gollarga boy bo‘lgan o‘yinda "Vilyarreal"ni yengdi (video)

"Real" gollarga boy bo‘lgan o‘yinda "Vilyarreal"ni yengdi (video)
Ispaniya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan "Real" – "Vilyarreal" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Mariano Dias madridliklarni oldinga olib chiqdi, biroq bunga mehmonlar darhol javob bera olishdi. Jerar Moreno muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Xesus Valexo jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Dias dublini nishonlab, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Hakam yakunlanishi arafasida Jaume Kosta oradagi farqni minimal ko‘rinishga olib keldi.

Shu bilan “Real” ochkolarini 68 taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Real Madrid – Vilyarreal 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar:
1:0 – 2 Dias, 1:1 – 11 Moreno, 2:1 – 40 Valexo, 3:1 – 49 Dias, 3:2 – 90+4 Kosta.
Real Madrid – Kurtua, Valexo, Marselo, Varan, Karvaxal, Valverde (Isko, 62), Kazemiro, Braim Dias (Vinisius Junior, 74), Kroos, Vaskes (Asensio, 62), Dias.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar (Kosta, 82), Kintilya, Alvaro Gonsales, Funes Mori, Chukvueze, Kasorla, Pedrasa (Trigeros, 56), Iborra, Fornals (Bakka, 72), Moreno.
Ogohlantirishlar: Funes Mori (43), Alvaro Gonsales (84), Iborra (89).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" gollarga boy bo‘lgan o‘yinda "Vilyarreal"ni yengdi (video)