23:37 / 05.05.2019
2 677

Mirjalol Qosimov: "Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo‘lishimiz kerak"

Mirjalol Qosimov: "Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo‘lishimiz kerak"
AGMK - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bu o‘yin juda ham muhim edi. Ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin yigitlarning ko‘zida ruhan tushkunlik ko‘rinib qolgandi. Birinchi taymning o‘zida uch futbolchimizning sariq kartochka olishgani bahs kurashlarga boy bo‘lganini aytib turibdi. Standart vaziyatdan keyin hisobni ochdik. Ikkinchi taymning boshida 15 daqiqada hisobni ushlab qolishga harakat qildik, raqib ko‘proq hujumga o‘tdi. Eng kerakligi uch ochko qo‘lga kiritildi. Oldinda hali o‘yinlar ko‘p. Har bir bahs kurashlarga boy bo‘lmoqda. Jamoa qo‘ldan kelganicha harakat qildi. Yigitlarga ham, muxlislarga ham rahmat aytaman", - deydi Mirjalol Qosimov.

Bu mavsumda ko‘p o‘yinlarda o‘zimizning xatolar bilan gol o‘tkazib mag‘lub bo‘ldik. Akbar To‘rayevga imkon berdik, Suhrobjon Sultonovga ham imkon berdik. Bugun Nizomiddinga imkoniyat berdim. U olimpiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va jarohati bor edi. Jamoada sog‘lom raqobat bo‘lgani yaxshi.

Legionerlardan ko‘nglim to‘lmoqdami? Mavsum boshida vaqtimiz juda oz bo‘lgandi shu bois tavakkal qilib ularni tanlagandim. Qaytaraman vaqtimiz juda kam edi, fors-major bo‘lib qolgandi.

Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo‘lishimiz kerak. Mavsum boshlanganiga ancha vaqt o‘tdi. Futbolchilar o‘rtasida tushunmovchilik bo‘lishi kerak emas. Futbolchi maydonga tushdimi muxlislar uchun borini berishi kerak. Tarkibda o‘zgarishlar ham qilayapmiz. Oddiy vaziyatlarda xato qilib gol o‘tkazib yuborayotgandik.

"Bugun ortga yo‘l yo‘q edi. Faqat g‘alabani o‘ylab chiqdik. Murabbiyimiz ko‘rsatmasini 75-80 foizga bajardik deb o‘ylayman", - deydi Murodjon Toshmatov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Barqaror jamoaga aylanishimiz uchun yanada ahil bo‘lishimiz kerak"