23:40 / 06.05.2019
3 043

O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar qirg‘izistonlik raqiblarini 93:0 hisobida mag‘lub etishdi

O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar qirg‘izistonlik raqiblarini 93:0 hisobida mag‘lub etishdi
O‘zbekiston terma jamoasi qizlari (U-19) IHF Trophy musobaqasida qirg‘izistonlik tengqurlari ustidan 93:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik gandbolchilar rekord natija qayd qilishdi.

Bungacha Bahrayn o‘smirlar jamoasining Hindiston ustidan 86:31 va Misr o‘smirlarining mavritaniyalik tengqurlari ustidan 92:16 hisobidagi g‘alabalari qayd qilingan.

IHF Inter-Continental Trophy musobaqasi Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan 2011 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan musobaqada rivojlanyotgan davlatlarning 21 yoshgacha va 19 yoshgacha sportchilari bellashishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik gandbolchi qizlar qirg‘izistonlik raqiblarini 93:0 hisobida mag‘lub etishdi