07:06 / 08.05.2019
2 556

Xosep Gvardiola: "Biz APL chempionligiga yaqin keldik"

Xosep Gvardiola: "Biz APL chempionligiga yaqin keldik"
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 37-turida “Lester” (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Men o‘yin avvalida “Lester”dan ko‘proq hujum qilishini kutgandim. Raqib esa chuqur himoyaviy o‘yin uslubini tanladi. Biz esa ikkala bo‘limda ham juda yaxshi o‘yin namoyish qildik va haqli ravishda g‘alaba qozondik.

Ko‘pchilik “Liverpul”ning chempionlikga loyiq ekanligini va ular yakunda bunday nomga sazovor bo‘lishini aytishardi. Ayniqsa, OAV bu borada faol bo‘ldi. Biz esa xatolarimizni to‘g‘riladik, ochkolarimizni to‘plashda davom etdik. Oxirgi turda “Brayton” bilan juda muhim o‘yin kutmoqda. Raqib oson emas. Ular “Arsenal” bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Shunday ekan, so‘nggi turda ham bo‘shashmasligimiz lozim.

Biz APL chempionligi uchun yaqin keldik. Bundan foydalanib qolish uchun maydonga chiqamiz”, - deydi Gvardiola Sky Sports nashriga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola: "Biz APL chempionligiga yaqin keldik"