09:36 / 11.05.2019
2 281

Ro‘ziqul Berdiyev: "Messi bizda emas, u Yevropada. Kenjaboyevni unga qiyoslash noo‘rin"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Messi bizda emas, u Yevropada. Kenjaboyevni unga qiyoslash noo‘rin"
O‘zbekiston superligasining 8-turidan o‘rin olgan «Nasaf» hamda «Qizilqum» bahsidan (1:1) so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
“Bugungi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Bir ochkoni qo‘lga kiritib, ikki ochkoni yo‘qotdik. Keyingi o‘yinlarda g‘alaba uchun kurashamiz. Jamoamiz hali juda yosh. Har safar g‘alaba talab qilish noto‘g‘ri deb o‘ylayman. Bobir Abduholiqov jarohatdan qaytsa hujumlarimiz yanada kuchayadi. Imkoniyat bo‘lsa tajribali futbolchilarni jamoamizga olib kelamiz, faqat birinchi davra tugagandan keyin. Umuman yuqori maqsadlar mavsum boshida qo‘yilishi kerak. Tajribali o‘yinchining yonida malakali futbolchilar ham yetarli bo‘lishi zarur.

Shunday darajadagi futbolchilarning bir yoki ikki nafariga ega bo‘lib ham OChLga chiqa olmaslik mumkin. Kenjaboyevni Messi bilan taqqoslash noo‘rin. Messi bizda emas, u Yevropada. Mavsum boshida Bozorov yaxshi formada edi. So‘nggi o‘yinlarda Islom o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Bugungi o‘yinda darvozaga ko‘proq xavf tug‘dirishi kerak edi. Biroq, u orqaroqda harakat qildi. O‘ylaymanki, keyingi o‘yinlarda ahvolimizni o‘nglab olamiz. Bundan qiyinroq vaziyatlardan ham chiqib ketganmiz”, – deya qayd etgan murabbiy.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Messi bizda emas, u Yevropada. Kenjaboyevni unga qiyoslash noo‘rin"