00:26 / 12.05.2019
3 104

Mirjalol Qosimov: "Bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik"

Mirjalol Qosimov: "Bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik"
“Dinamo” – AGMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Ob-havo biroz issiqligiga qaramasdan birinchi bo‘limda ancha jonli o‘yin namoyish etildi. Har ikkala jamoa ham stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar zerikib qolmaydigan tarzda hujumkor o‘ynashga intildi. “Dinamo” ham, AGMK ham tez-tez hujumlar tashkil etdi.

Afsus, bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik. Oddiy vaziyatda to‘p yo‘qotildi va raqib bundan unumli foydalandi. “Dinamo” esa goldan so‘ng qarshi hujumlarda ancha yaxshi harakat qildi. “Dinamo” jamoasini bugungi qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi mutaxassis.

Manba: pfl.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Bugun ham oddiy xato tufayli imkoniyatni boy berdik"