09:23 / 12.05.2019
3 570

Tezkor xabar! "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida ishlagan hakamlar Superliga o‘yinlaridan chetlatildi

Tezkor xabar! "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida ishlagan hakamlar Superliga o‘yinlaridan chetlatildi
Coca Cola Superliga 8-turi doirasidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilganidan muxlislarning xabari bor.

Mazkur o‘yin O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti xodimlari hamda mutaxassislar ishtirokida tahlil qilindi.

Tahlil natijasida, o‘yinni boshqarib borgan bosh hakam Zokir Qodirov va yon hakam Ruslan Samandarov uchrashuv davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani aniqlandi va ular Superliga o‘yinlaridan chetlatildi.

Jumladan, uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Zokir Qodirov Superliganing 3ta o‘yiniga, yon hakam Ruslan Samandarov esa nomuayyan muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatildi.

Manba: O‘FA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tezkor xabar! "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida ishlagan hakamlar Superliga o‘yinlaridan chetlatildi