11:17 / 12.05.2019
3 220

Bugun APLda chempionlik taqdiri hal bo‘ladi: Yurgen Klopp yoxud Xosep Gvardiola...

Bugun APLda chempionlik taqdiri hal bo‘ladi: Yurgen Klopp yoxud Xosep Gvardiola...
Bugun Angliya premer-ligasida so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. E’tiborlisi, dunyoning eng tomoshabon ligasida chempionlik intrigasi so‘nggi turgacha saqlanib qoldi.

Ayni damda “Manchester Siti” 95 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Biroq, undan keyingi pog‘onani egallab turgan “Liverpul” hisobida 94 ochko bor va mersisaydliklarni peshqadamdan bor yo‘g‘i 1 ochko ajratib turibdi, xolos.

So‘nggi turda Xosep Gvardiola jamoasi safarda “Brayton” mehmoni bo‘lsa, Yurgen Klopp shogirdlari “Enfild”da “Vulverxempton” qarshiligini sindirishga harakat qilishadi. Bugun APLning barcha o‘yinlari bir vaqtda – 19:00da boshlanadi.

Premer-liga 38-tur

12/05/2019, 19:00
Brayton - Manchester Siti
Stadion: The American Express Community Stadium
Bosh hakam: Michael Oliver

12/05/2019, 19:00
Liverpul - Vulverxempton
Stadion: Anfield
Bosh hakam: Martin Atkinson

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun APLda chempionlik taqdiri hal bo‘ladi: Yurgen Klopp yoxud Xosep Gvardiola...