10:10 / 13.05.2019
2 751

A Seriya. «Yuventus» o‘z maydonida «Roma»ga yutqazib qo‘ydi (video)

A Seriya. «Yuventus» o‘z maydonida «Roma»ga yutqazib qo‘ydi (video)
12 may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 36-turi doirasida 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi «Napoli» klubi mehmonda SPALga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida neapolliklar yarim himoyachisi Markes Loureyro Allan raqib darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 84-daqiqaga kelib SPAL a’zosi Andrea Petanya 11 metrlik jarima zarbasidan Aleks Meret darvozasini ishg‘ol qildi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib «Napoli» himoyachisi Mariu Ruy jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1).

Shu tariqa «Napoli» safarda kechgan bahsda SPALdan ustun keldi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Napoli» ochkolari sonini 76 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilib turibdi.

Shu kuni turning markaziy o‘yinida Massimiliano Allegri boshliq Turinning «Yuventus» klubi Klaudio Raneri boshqaruvidagi Rimning «Roma» klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 79-daqiqasida Rim klubi himoyachisi Alessandro Florensi hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib hujumchi Edin Jeko hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi (2:0).
Shu tariqa «Roma» o‘z maydonida «Yuventus» ustidan g‘alaba qozonib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (2:0).

Ushbu turdan keyin Raneri jamoasi 62 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan «Yuventus» hisobida esa 89 ochko mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Yuventus» o‘z maydonida «Roma»ga yutqazib qo‘ydi (video)