23:56 / 13.05.2019
3 245

Azar "Real"ga qachon o‘tishi e’lon qilindi

Azar "Real"ga qachon o‘tishi e’lon qilindi
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar faoliyatini "Real Madrid" jamoasida davom ettiradi.
Madridliklar bir necha hafta avval 28 yoshli belgiyalik xavbek bilan kelishib olishgandi.

Rasmiy transfer 29 maydan so‘ng e’lon qilinadi. Xabaringiz bor, Yevropa ligasi finalida "Chelsi" va "Arsenal" o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs shu sanada o‘tkaziladi va bu Azarning "aristokratlar" safidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishi mumkin.

Transfer narxi 100 million yevro atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 16 ta gol hamda 15 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Azar "Real"ga qachon o‘tishi e’lon qilindi