12:45 / 19.05.2019
2 677

No‘’mon Hasanov: “Golgacha yaxshi o‘ynadik, xolos”

No‘’mon Hasanov: “Golgacha yaxshi o‘ynadik, xolos”
Superliganing 9-turida doirasida “Nasaf”- “Qo‘qon-1912” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qo‘qonliklar bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Mehmonda o‘yin o‘tkazish oson emas. Mavsum boshlanganidan buyon faqat safarda o‘ynayapmiz. Qo‘qondan kelgan muxlislarga rahmat deyman.

O‘yinga keladigan bo‘lsak, jamoam birinchi golgacha yaxshi o‘ynadi. Umuman olganda 20-daqiqaga qadar yaxshi o‘ynadik. Goldan keyin to‘liq ustunlik “Nasaf” qo‘liga o‘tdi. Ko‘p o‘yinlarda shunday holat kuzatilayapti. O‘tgan yil bilan solishtirganda tarkibda katta yo‘qotishlarga uchradik, o‘tgan yilgi futbolchilarimizni saqlab qola olmadik. O‘tkir Yusupov? Uni “Navbahor” ilib ketdi. Bular hammasi pulga borib taqaladi. Afsuski, bu masala mening qo‘limda emas, -deydi No‘’mon Hasanov.

Manba: fcnasaf.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » No‘’mon Hasanov: “Golgacha yaxshi o‘ynadik, xolos”