21:04 / 19.05.2019
3 238

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi aniq

Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi aniq
Professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev o‘zining keyingi jangini qachon o‘tkazishi aniq bo‘ldi. Bu haqida bokschimizning o‘zi ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

«Avvalombor, barchangizni Ramazon oyi bilan tabriklayman. O‘n yettinchi jangim 9 iyun kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak bellashuvda qo‘llab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman«, – dedi bokschimiz videomurojaatda.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev shu paytgacha 16 bor ringga ko‘tarilgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bo‘lajak raqibi kim bo‘lishi haqidagi ma’lumot yaqin kunlarda aniq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi aniq