20:50 / 26.05.2019
2 714

“Paxtakor” Toshkentda “AGMK”ni yirik hisobda yengdi

“Paxtakor” Toshkentda “AGMK”ni yirik hisobda yengdi
O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “AGMK” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvni mezbonlar faol boshlashdi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. 5-daqiqada Jaloliddin Masharipov boshlagan hujum keskin tus oldi va Igor Sergeyev aniq zarbasi bilan to‘pni darvozaning pastki chap burchagiga yo‘lladi.

17-daqiqada maydon egaliri ikkinchi golni urishdi. Chiroyli kombinatsiyadan so‘ng Dragan Cheran To‘rayevni dog‘da qoldirdi. 32-daqiqada Marko Simich burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida olmaliqliklar hisobni qisqartirishdi: Mirg‘iyos Sulaymonovning pasidan so‘ng Zafar Polvonov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

76-daqiqada Marat Bikmayev uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Paxtakor” – “AGMK” 4:1 (3:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 5 Sergeyev, 2:0 – 17 Cheran, 3:0 – 32 Simich, 3:1 – 49 Polvonov, 4:1 – Bikmayev.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Akrom Komilov, Marko Simich, Sherzod A’zamov, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Jahongir Ahmadov (Asqarov, 80), Jaloliddin Masharipov (Mahmudhojiyev, 75), Marat Bikmayev, Dragan Cheran (Sobit Sindarov, 86), Igor Sergeyev.

AGMK: Akbar To‘rayev, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yo‘ldoshev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Mirjamol Qosimov (G‘ulomxaydar G‘ulomov, 72), Dilshod Jo‘rayev (Mirolyub Kostich, 46), Kamron Saidazimov (Shoxnazar Norbekov, 64), San’at Shixov, Murod Toshmatov, Zafar Polvonov.

Ogohlantirish: Komilov (67).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” Toshkentda “AGMK”ni yirik hisobda yengdi