21:18 / 26.05.2019
2 774

“So‘g‘diyona” Norxonovning dubli evaziga “Buxoro”dan ustun keldi

“So‘g‘diyona” Norxonovning dubli evaziga “Buxoro”dan ustun keldi
Superliganing 10-turida “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishga erishdi. Sanjar Rashidovning amalga oshirgan uzatmasidan so‘ng Shoxrux Norxonov gol muallifiga aylandi.

Bu gol birinchi taymda yagonaligicha saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa “So‘g‘diyona” uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritdi. Bu safar ham Norxonov “Buxoro” darvozasiga yo‘l topa oldi. Natijada, “So‘g‘diyona” g‘alaba qozondi.

“So‘g‘diyona” – “Buxoro” 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 27 Norxonov, 2:0 – 65 Norxonov.

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shayqulov (Doston Toshmatov), Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze (Davronbek Umirov), Nikola Milinkovich, Sanjar Rashidov, Shaxboz Jurabekov, Sherzod Shakirov, Siroj Meliyev (Nuriddin Xasanov), Shoxruz Norxonov.

“Buxoro”: Xurshid Xo‘jayev, Azamat Isroilov, Mirjalol Jumayev, Vladimir Bayenko, Asadbek Sobirjonov, Behruz Shodmonov, Ergash Ismoilov, Akramjon Baxritdinov, Doston Ibragimov, Salamat Qutiboyev (Akobir Turayev), Ivan Nagayev.

Ogohlantirishlar: Qutiboyev (45), Shayqulov (54), To‘rayev (75).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “So‘g‘diyona” Norxonovning dubli evaziga “Buxoro”dan ustun keldi