06:00 / 27.05.2019
2 830

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Terma jamoa haqidagi savollardan charchaganman"

Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Terma jamoa haqidagi savollardan charchaganman"
Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (0:1) so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, "temiryo‘lchilar" yetakchisi Temurxo‘ja Abduholiqov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Har o‘yinda g‘alabani ko‘zlab maydonga tushamiz. Qiyin o‘yin bo‘ldi, asosiysi, o‘z maqsadimizga erishdik va bundan xursandmiz. Bizga muxlislik qilgan barchani g‘alaba bilan muborakbod etaman.

- Ayni vaqtda to‘purarlar ro‘yxatida bormoqdasiz, jamoada yetakchisiz. Lekin nimagadir milliy terma jamoada ko‘rinmayapsiz...
- Yoshligimdan beri terma jamoa haqidagi savollardan charchaganman. Hammo savol terma jamoa murabbiylariga bo‘lgani ma’qul.

- Uchrashuv avvalida "Lokomotiv" atrofida turli gap-so‘zlar tarqaldi murabbiy o‘zgarishi borasida. Bu holat futbolchi sifatida sizda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otdi?
- Istalgan futbolchining murabbiyi mavsum o‘rtasida ishdan olinsa, futbolchi xijolat his qiladi o‘zini. Boisi, murabbiy aynan sizning yomon o‘yiningiz sabab ketadi. Futbolchilar esa jamoada qoladi. Shu bois, murabbiy uchun o‘ynadik. Babayan haqidagi gaplar qanchalik haqiqatga mos bilmadim. Menimcha hech bir futbolchi mavsum o‘rtasida murabbiy almashishini istamaydi. Futbolda ham xato qiladi, faqat murabbiylar emas, futbolchilar ham. Ammo murabbiylarni o‘zgartirishadi va endi bu hayot...

- OChLdagi muvaffaqiyatsizlikning sababi nimada?
- Biz g‘alaba qozona turib, mag‘lubiyatga uchradik. Bu omad bilan bog‘liqmi yoki konsentratsiyani yo‘qotdikmi, bilmadim. Lekin hech qaysi jamoa o‘yin jihatdan bizdan ustunlik qilgani yo‘q. Buni chuqur tahlil qilib chiqish kerak. Baribir, 5-6 nafar asosiy futbolchilarimiz yo‘q va shu bois qiyin bo‘ldi. OChLda balki bizga kuchli legionerlar yetishmagandir. Masalan, arab jamoalari aynan shuning evaziga ustunlik qilishadi. Bizda esa hamma bir xil darajada.

- "Lokomotiv" qatorasiga uch bor durang o‘ynab, "Paxtakor"ni oldinga o‘tkazib yubordi. Buning boisi nimada?
- Hammasi "Qo‘qon-1912"dan boshlandi. Biz bo‘shashdik va raqiblar buni kechirmadi. G‘alabasiz seriyadan so‘ng juda qiyin bo‘ladi muvaffaqiyatga erishish, mana uchta o‘yindan so‘ng birinchi g‘alabaga erishdik. Bugun yutmasak bo‘lmas edi.

Shahzod Xolboyev yozib oldi

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temurxo‘ja Abduxoliqov: "Terma jamoa haqidagi savollardan charchaganman"