16:01 / 27.05.2019
3 071

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 8 iyun kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Mazkur jang Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Hozircha uning raqibi noma’lum. Isroil shu kuni o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi.

Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik afsonaviy bokschi, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 34 ta nokaut) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni kanadalik Stiv Rollsga (19 ta g‘alaba, 10 ta nokaut) qarshi ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi