18:35 / 28.05.2019
3 491

BAA qirollik oilasining yana bir a’zosi APL klubi xo‘jayiniga aylanadi

BAA qirollik oilasining yana bir a’zosi APL klubi xo‘jayiniga aylanadi
Tez orada "Nyukasl" klubining xo‘jayini o‘zgaradi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Birlashgan Arab Amirliklari qirollik oilasi a’zosi hisoblangan shayx Holid bin Zayid Al Naxayyon ushbu APL klubini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu unga 350 million funtga (deyarli 400 million yevro) tushadi. Ayrim manbaalarga qaraganda “qarg‘alar”ning hozirgi xo‘jayini Maykl Eshli kecha kerakli hujjatlarni imzolagan.

Ma’lumot uchun, shayx Al Naxayyon "Manchester Siti" klubi xo‘jayini shayx Mansurning amakivachchasi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA qirollik oilasining yana bir a’zosi APL klubi xo‘jayiniga aylanadi