02:00 / 30.05.2019
2 920

Yevropa Ligasi. "Chelsi" finalda "Arsenal"ni yirik hisobda yengdi

Yevropa Ligasi. "Chelsi" finalda "Arsenal"ni yirik hisobda yengdi
Hozirgina Yevropa ligasi final uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda Angliyaning "Chelsi" va "Arsenal" jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi.

Bokudagi "Olimpiyskiy" stadionida kechgan uchrashuvda "aristokratlar" 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Olive Jiru, Eden Azar (2 ta) hamda Pedrolar tomonidan kiritilgan gollarga "to‘pchilar" safida Ivobi bir bor javob qaytardi xolos.

Shu tariqa "Chelsi" o‘z tarixida ikkinchi bor Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi. "Ko‘klar" 2013 yilda ham Yevropaning klublar miqyosidagi ikkinchi darajali kubogini qo‘lga kiritgan edi. "Arsenal" esa ikkinchi bor Yevropa ligasi (UYeFA kubogi) finalida mag‘lub bo‘ldi.

"Chelsi" – "Arsenal" 4:1 (0:0, 4:1)
Gollar:
1:0 - 49 Jiru, 2:0 - 60 Pedro, 3:0 - 65, penalti Azar, 3:1 - 69 Ivobi, 4:1 - 72 Azar.

Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Dzapakosta, 89), Jiru.

Arsenal – Chex, Koselni, Monreal (Genduzi, 66), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (Ivobi, 67), Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.

Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Ligasi. "Chelsi" finalda "Arsenal"ni yirik hisobda yengdi