09:50 / 02.06.2019
3 478

Bugun Turkiya - O‘zbekiston o‘yini bo‘ladi, uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlaydi

Bugun Turkiya - O‘zbekiston o‘yini bo‘ladi, uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlaydi
Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antalya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu o‘yin terma jamoamiz uchun tarixiy hisoblanadi. Sababi shu paytga qadar Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi birorta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmaganmiz. Bu o‘yin birinchisi bo‘ladi.

Turkiya - O‘zbekiston uchrashuvi Alanya shahridagi «Alanya stadium» o‘yingohida Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gunesh O‘zbekistonga qarshi o‘yinga terma jamoaning bir qator yetakchi futbolchilarini ham chaqirgan. Bugun bizga qarshi Turkiya terma jamoasi tarkibida Italiyaning «Milan» klubi yarim himoyachisi Hoqon Chalxanoglu, shuningdek, Merih Demiral («Sassuolo», Italiya), Chengiz Under («Roma», Italiya), Yunus Malli («Volfsburg», Germaniya), Jenk Tosun («Everton», Angliya), Enes Unal («Valyadolid», Ispaniya) kabi futbolchilar maydonga tushishlari mumkin.

Uchrashuvga bo‘lgan qiziqish nafaqat yurtimizda, balki Turkiyada ham juda katta. Shu bilan birga o‘yinni turk telekanallaridan tashqari, jahonga mashhur Eurosport telekanali ham jonli efirda namoyish qiladi. Yurtimizdagi muxlislar esa uchrashuvni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Sport TV» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. O‘yinni taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov sharhlab boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun Turkiya - O‘zbekiston o‘yini bo‘ladi, uchrashuvni Xayrulla Hamidov sharhlaydi