14:23 / 03.06.2019
3 500

Oradan 120 kun o‘tdi, lekin hech narsa o‘zgargani yo‘q

Oradan 120 kun o‘tdi, lekin hech narsa o‘zgargani yo‘q
"Championat.asia" saytida Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatimizdan so‘ng jurnalist Shahboz Beg‘amovning "Kuper uslubi o‘zbek futboliga begona", degan sarlavhali maqolasi chop etilgandi.

O‘shanda Shahboz Beg‘amov Kuper terma jamoamizga qo‘llayotgan uslub bizning futbolga to‘g‘ri kelmasligi, Osiyo Kubogida biz kutilgan o‘yinni namoyish etolmay, yakunda natija borasida inqirozga uchraganimizni yozgandi.

Undan keyin terma jamoamiz mart oyida yig‘ilib, Xitoyda o‘tgan turnirda ishtirok etib qaytdi. Shuningdek, 28 may kuni navbatdagi yig‘inga kirishgan terma jamoamiz kecha Turkiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

To‘g‘ri, jamoamizning hozirgi holati va raqiblarning darajasi o‘rtasidagi farq sezildi. Mag‘lubiyat bu katta fojia emas. Ammo gap natijada emas, balki terma jamoamiz ishtirokidagi futbol, mazmunsiz o‘yin va to‘psiz qiynalayotgan futbolchilarning harakati hali ham hech narsa o‘zgarmaganini ko‘rsatmoqda.

Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatsizlik va saytimizda chop etilgan maqola chiqqaniga 120 kun bo‘ldi. Ammo terma jamoamizda hali ham hech narsa o‘zgargani yo‘q.

Ya’ni, milliy jamoamiz o‘yini poydevori ko‘rinmayapti.

Osiyo Kubogida jamoalar eng ko‘p aniq zarbani — Turkmaniston va O‘zbekiston darvozasi tomon yo‘llashgan (to‘liq statistika)
Ektor Kuper terma jamoamiz rulida o‘tkazgan 13 uchrashuvdan 5 tasida g‘alaba qozondi, 3 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etildi.

Kuper qo‘l ostida o‘rtoqlik o‘yinlarida KXDR, Qatar, Osiyo Kubogida Ummon va Turkmaniston, o‘rtoqlik turnirida Xitoy mag‘lub etildi.
Suriya va Livanga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida, Osiyo Kubogida esa Avstraliya bilan 120 daqiqa durang qayd etildi va penaltilar seriyasida yutqazdik.

Eron va Janubiy Koreya bilan bo‘lgan o‘rtoqlik o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak, Osiyo Kubogida Yaponiya va Avstraliya bizni penaltilar seriyasida yutdi. Shuningdek, o‘rtoqlik turnirida Urugvayga mag‘lub bo‘ldik va bugungi o‘rtoqlik bahsida Turkiya bizni yutdi. To‘plar nisbati: 13-14.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oradan 120 kun o‘tdi, lekin hech narsa o‘zgargani yo‘q