06:30 / 04.06.2019
2 938

WBO va IBF Endi Ruisdan chempionlik kamarlarini olib qo‘yishi mumkin

WBO va IBF Endi Ruisdan chempionlik kamarlarini olib qo‘yishi mumkin
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) tez orada ushbu chempionlik kamarining yangi sohibi Endi Ruis (33-1, 22 nokaut) uchun rasmiy da’vogar bokschi nomini e’lon qiladi.

Bu holat esa Ruis va Joshua o‘rtasidagi revansh jangining o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayni paytda WBO reytingida Dillian Uayt birinchi o‘rinni egallab turibdi. Lekin Tayson Fyuri o‘z jangida Tom Shvarsni mag‘lub etsa, reytingda aynan u birinchi o‘ringa ko‘tarilib oladi.

Shuningdek, ukrainalik Aleksandr Usikni ham esdan chiqarmaslik kerak. Superog‘ir vazn toifasida debyut jangini o‘tkazishi kutilayotgan Usik agar g‘alabaga erishsa, u holda rasmiy da’vogarlar yana bir nafarga ko‘payadi.

E’tiborlisi shundaki, IBF chempionlik kamari ham xavf ostida qolmoqda. Boisi, noyabr oyigacha Entoni Joshua IBF kamarini bolgariyalik rasmiy da’vogar Kubrat Pulevdan himoya qilishi kerak edi. IBF bu borada Endi Ruis jamoasini ogohlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBO va IBF Endi Ruisdan chempionlik kamarlarini olib qo‘yishi mumkin