12:34 / 04.06.2019
2 967

Hukumat qarori: O‘zbekistonda yangi axborot tizimi yaratiladi

Hukumat qarori: O‘zbekistonda yangi axborot tizimi yaratiladi
“Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimi yaratish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Mazkur Yagona tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari haqidagi ma’lumotlarning tizimli monitoringini olib borish;

- ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish;

- sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlarini ro‘yxatga olish va faoliyatini hisobga olish.

Yagona tizim 2019 yil 1 sentyabrgacha ishga tushiriladi.

Yagona axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga ma’lumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi ta’minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib Jismoniy tarbiya va sport vazirligi belgilandi.

Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi esa Yagona tizimni ishlab chiquvchi va operator hisoblanadi.

Ma’lumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hukumat qarori: O‘zbekistonda yangi axborot tizimi yaratiladi