UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari Habib Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik yakkakurashchi Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jang UFC 242 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. 30 yoshli Habib uchun ushbu jang chempionlik unvonining ikkinchi marta himoyalashi bo‘ladi. Bundan avvalroq u 2018 yil 6 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etib, kamarini himoyalay olgandi.
Habib chempionlik kamarini 2018 yil 7 aprelda amerikalik El Yakvintani mag‘lub etib qo‘lga kiritgan. Hozirda dog‘istonlik yakkakurash jangchisining hisobida 27 ta jangdan 27 ta g‘alaba bor.
30 yoshli Pore 31 ta jang o‘tkazib, undan 25 tasida qo‘li baland kelgan, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning ishtirokidagi yana bir jang bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. Pore oxirgi o‘tkazgan 5 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qafas yopilganda men har doimdek o‘z ishimni qilaman - Habib Toni bilan jangi haqida

Pore yoki Konor? Habib kim kuchliroq ekanligini aytdi

Dastin Pore: "Habib bilan bo‘ladigan jangda barcha meni hisobdan chiqarmoqda"

Habib Nurmagomedov Porega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Pore: «Nurmagomedov bilan jangim muddatidan oldin tugaydi»

UFCning “yil jangi”da Habib Nurmagomedov gʻalaba qozondi