19:12 / 06.06.2019
2 532

KXDR bosh murabbiyi: «O‘zbekiston bilan o‘yinda natija muhim emas»

KXDR bosh murabbiyi: «O‘zbekiston bilan o‘yinda natija muhim emas»
Ertaga, 7 iyun kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda KXDRga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bugun «Milliy» stadionida mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda qatnashgan Tribuna.uz muxbiri unda mehmonlar bosh murabbiyi Yun Jong Su tomonidan yangragan fikrlarni keltirib o‘tdi.

«To‘g‘ri, Osiyo kubogidan keyin birorta ham o‘yin o‘tkazmadik. Faqat tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bordik. Tarkibimiz ancha o‘zgargan, deb aytishimiz mumkin.

Bizga rahbariyat qo‘ygan asosiy vazifa – JCh saralashida yaxshi tayyorlanib, unda yaxshi ishtirok etish.

Ertangi o‘yinda biz uchun natija muhim emas. Bu bahs bizga yangi o‘yinchilarni sinovdan o‘tkazishimiz uchun kerak. Tarkibga chet elda o‘ynayotgan futbolchilarimizni emas, asosan ichki chempionatdagi o‘yinchilarni jalb etganmiz.

Oldimizda JCh saralashida muvaffaqiyatli qatnashishdan bo‘lak muhim vazifamiz yo‘q.

Jamoa Osiyo kubogida motivatsiyasiz o‘ynadi? Hozirgi KXDR milliy jamoasi Osiyo kubogida qatnashgan jamoa emas. Asosan yangi va yosh o‘yinchilarni yig‘ganmiz. Ular uchun motivatsiya – JChga chiqish. Hozir jamoadagi muhit o‘zgargan.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini tashkillashtirishda qiyinchilikka uchrayotganimiz yo‘q. Yig‘ilganimizga 20 kun bo‘ldi. Jamoani yangidan quryapmiz. Buning uchun seleksiya ishlari bilan shug‘ullanyapmiz», – dedi Yun Jong Su.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – KXDR o‘rtoqlik uchrashuvi ertaga, juma kuni «Milliy» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 20:00da boshlanishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » KXDR bosh murabbiyi: «O‘zbekiston bilan o‘yinda natija muhim emas»