07:43 / 07.06.2019
3 462

O‘ta og‘ir vazndagi eng yaxshi bokschilar reytingi e’lon qilindi

O‘ta og‘ir vazndagi eng yaxshi bokschilar reytingi e’lon qilindi
Nufuzli The Ring sport nashri chempionlik janglarini o‘tkazuvchi yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan parallel ravishda professional bokschilarning o‘z reytingini olib boradi. Jurnal vazn toifalari bo‘yicha bokschilar reytingini yangiladi. O‘ta og‘ir vaznda britaniyalik Tayson Fyuri yetakchilik qilmoqda.

2-o‘rinni WBC chempioni Deontey Uaylder egallagan. Uning ortidan yaqinda britaniyalik Entoni Joshuadan 4 ta chempionlik kamarini tortib olgan Endi Ruiz kelmoqda.

WBA, IBF, WBO va IBO kamarlarini boy bergan Joshuaning o‘zi esa 4-o‘rinni egallagan. 5-o‘ringa britaniyalik Dillian Uayt, 6-o‘ringa kubalik Luis Ortis qo‘yilgan. Ortis yaqin orada Uaylder bilan jang o‘tkazadi. Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin 7-o‘ringa loyiq topilgan.

Yetakchi o‘ntalikka Jozef Parker (Yangi Zelandiya), hali biror marta yutqazmagan Adam Kovnatski (AQSh) va bolgariyalik Kubrat Pulev ham kiritilgan.

Shuningdek, vazn toifasidan qat’iy nazar bokschilar orasida yengil vazn toifasida ishtirok etuvchi ukrainalik Vasiliy Lomachenko yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasi vakili Terens Krouford, o‘rta vazn vakili Saul Alvarez, ikkinchi yengil vazn vakili yaponiyalik Naoya Inoue, o‘ta og‘ir vazn toifasiga o‘tgan ukrainalik Aleksandr Usik, yarim o‘rta vazn vakili amerikalik Errol Spens, o‘rta vazn vakili qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin, o‘ta yengil vazn vakili meksikalik Xuan Fransisko Estrada, o‘rta yarim vazn vakili amerikalik Mayki Garsiya va ikkinchi yengil vazn vakili Donni Nayts egallagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘ta og‘ir vazndagi eng yaxshi bokschilar reytingi e’lon qilindi