Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 9 iyun tongida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.
Mazkur jangda Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales (23 ta g‘alaba, 13 ta nokaut, 12 ta mag‘lubiyat) raqiblik qiladi.
To‘qnashuv Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Ular ishtirokidagi jang oqshomi tonggi soat 05:30 da boshlanadi. Jang Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Bokschilar jangdan oldin vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Norberto Gonsales shu paytgacha o‘tkazgan 35 ta jangining 4 tasida turli mintaqaviy yo‘nalishlar chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilgan, biroq ularda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»