21:53 / 08.06.2019
2 689

Nadiya Dusanova yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida oltin dublga erishdi

Nadiya Dusanova yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida oltin dublga erishdi
Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Nadiya Dusanova balandlikka sakrash sektorida xuddi birinchi bosqichdagidek 1.89 metr natija bilan zafar quchdi.
Bronza medalini esa bu gal Nigina Sharipova 100 metrga yugurish bahsida qo‘lga kiritdi.

Balandlikka sakrash bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Van Suyeyi (Xitoy) va Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) egallagan bo‘lsa, 100 metrga yugurish bahsida 1-o‘rin Olga Safronovaga (Qozog‘iston), 2-o‘rin Kristina Knottga (Filippin) nasib etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nadiya Dusanova yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida oltin dublga erishdi