22:58 / 15.06.2019
3 271

Babayan borasidagi mish-mish, golni nishonlash uslubi - Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Babayan borasidagi mish-mish, golni nishonlash uslubi - Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazildi
"Lokomotiv" - "Surxon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "temiryo‘lchilar" ustozi Andrey Fyodorov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoaning bugungi o‘yini va natijasidan mamnunman. Uzoq vaqt davomida murabbiylar shtabi ushbu sxemada ishlamagandi.

Undan tashqari, Andrey Gennadevichning o‘zi ham bu yerda anchagina vaqt faoliyat olib borgan, jamoaning ichki muhiti borasida xabarga ega. O‘yinning boshida biz raqibdan ko‘ra hujumda kamroq o‘ynadik, agressiv bo‘lmadik. Ammo shunday bo‘lsa ham, raqibga yaxshigina muammolar tug‘dira oldik. Keyinchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. O‘yin 6 ochkolik bo‘ldi. Bugun g‘alabaga erishganimiz juda ham yaxshi ish bo‘ldi.

- Jamoa bosh murabbiyi o‘zgarishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar futbolchilarga qanday ta’sir o‘tkazmoqda?
- Biz har doimgidek o‘ynayapmiz. Bosh murabbiy o‘zgarishi borasidagi savolga javobni o‘zingiz berdingiz. Bu mish-mish. Jamoaning ichida bunday gaplar bo‘layotganini sezmayapman. Durang o‘ynagan o‘yinlarimizda ham jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bugun esa biz raqibdan ko‘ra ko‘proq gol kiritdik. Siz aytgan gaplar natijaga ta’sir qilmayapti. Bu yerdagilarning barchasi professional. Biz har doimgidek ishlayapmiz. Agarda murabbiy noto‘g‘ri ishlayotgan bo‘lganida futbolchilar noroziligini bildirgan bo‘lardi. Ammo bizda barcha yuqori g‘ayrat bilan ishlayapti.

- Savolni boshqacharoq beraman. Rahbariyat sizga ishonch bildiryaptimi?
- Ha, men buni sezyapman. Aytganimdek, bizda barcha professional.

- Golni nishonlash bunday bo‘lganiga qanday izox berasiz?
- Bizga yaqin bir inson bor. Bugun uning tug‘ilgan kuni. Bu unga bo‘lgan sovg‘a.

Islom To‘xtaxo‘jayev: - Hisob 5:1, bunga qarab ko‘pchilik bahs biz uchun oson o‘tgan deb o‘ylaydi, ammo bunday emas. O‘yin qiyin bo‘ldi. Dastlabki ikki golni urib olganimiz uchun barchasi yaxshi kechdi.

Hamma jamoalarda murabbiylar o‘zgarishi mumkin. Biz kabi yuqori maqsadlarga ega jamoalarda doimo bir mag‘lubiyatdan keyin murabbiyni almashtirib yuborishlari hech gap emas. O‘sha vaqtlarda OChLda ham o‘ynayotgandik, bir haftada ikkita o‘yin o‘tkazayotgandik. Endi esa bir haftada bir o‘yin, tiklanib olish uchun vaqt bo‘lmoqda. Babayan jamoani boshqarishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar esa, balki bizning foydamizga ishlayotgandir...

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Babayan borasidagi mish-mish, golni nishonlash uslubi - Andrey Fyodorov ishtirokidagi matbuot anjumani o‘tkazildi