23:00 / 16.06.2019
2 896

Vadim Abramov: "O‘z aybimiz tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardik"

Vadim Abramov: "O‘z aybimiz tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardik"
“Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- “Nasaf” – yaxshi jamoa. Bugun teng o‘yin namoyish etildi. G‘alaba qozonishimiz ham yoki yakunda mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. G‘alabani qo‘ldan chiqarishda o‘zimiz aybdormiz. Raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdik. Lekin bundan foydalana olmadik. O‘yin oxirida bizda ham bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi.

“Nasaf” jamoasini o‘rganganimda ushbu klubning o‘yin so‘nggida jismonan ancha yaxshi harakat qilayotganiga guvoh bo‘lgandim. Ammo bugun uchrashuv oxirida biz ham yaxshi harakat qildik. Har bir jamoa raqibning qay darajada o‘ynashga imkon berishiga qarab maydonda to‘p suradi. “Nasaf” ancha yaxshi jamoa. Yaxshi saviyadagi murabbiy ushbu klubda faoliyat olib boryapti va futbolchilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatyapti. Bugun ular o‘z maqsadlariga yeta olishdi, - dedi mutaxassis.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "O‘z aybimiz tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardik"